
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele Finlyandiyaning Turku shahridagi doktor Sakari Orava klinikasida operatsiya qilindi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.Manbaga ko'ra, vaziyatni "ko'k-anorranglilar" sport direktori Erik Abidal nazorat qilmoqda.Eslatib o'tamiz, 22 yoshli futbolchi o'ng oyog'idagi mushagida uzilish ro'y bergan edi. Katta ehtimol bilan u mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.Dembele jarohat tufayli 27 noyabrdan beri maydonga tushmayapti. Ushbu mavsumda u 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.
Fikrlar 1
:yi::yi::yi::yi: