
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele 6 oyga safdan chiqdi. Bu haqda Kataloniya klubi rasmiy sayti ma'lum qildi.
Frantsiyalik futbolchi o'ng tizzasidan olgan jarohati tufayli operatsiya qilindi. Shu tariqa Dembele mavsumning qolgan o'yinlari va 2020 yilgi Evropa chempionatini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda 22 yoshli hujumchi La Ligada 5ta, Chempionlar Ligasida esa 4ta o'yinda harakat qilgan va 1ta gol urgan.
Fikrlar 2
Man Dembeleni órnida bóganimda "Futbol man uchun emas akan.Jamoamga zarar keltiryapman.Undan kóra biznes boshlaganim yaxshi.Ham jamoamga, ham ózimga foyda ketganim" deb faoliyatimni yakunlagan bòlar edim
Hayr chinni