[readimg]https://stadion.uz/images/news/suares_messi1.jpg[/readimg] [b]Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Luis Suares tizzasini operatsiya qildirganidan keyin tiklanish jarayonini o'tkazmoqda. Goal portalining ma'lum qilishicha, 33 yoshli urugvaylik hujumchi allaqachon hassasiz yurishni boshlab yuborgan. «Barselona» klubidagilar Luis chempionat yakunlaymay turib maydonga tushishiga ishonishmoqda. Suaresning o'z esa aprel oyining oxirlarida maydonga tushishga umid qilmoqda. Eslatib o'tamiz, Luis Suares yanvar oyi o'rtalarida operatsiya qilingan edi. Avvaliga uning tiklanish jarayoni uchun 4 oy muddat vaqt kerakligi haqida aytishgan edi.[/b]