
«Real Sosedad» bosh murabbiyi Imanol Alguasil jamoa hujumchisi Villian Jozening «Barselona»ga transfer qilish ehtimoli borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.«Agar ular stol ustiga 70 mln evro qo'yishsa, unda yaxshi, u jamoadan ketishi mumkin. Bu mish-mishlar jonga tegishni boshlayapti. U bizning o'yinchi va Villian jamoada qolishni istaydi. Kamida mavsum oxiriga qadar u bizning jamoada o'ynaydi», – dedi Alguasil.Eslatib o'tamiz, Villian Jozening "Real Sosedad" bilan tuzilgan shartnomasi tovon puli sifatida 70 million evro ko'rsatilgan.
Fikrlar 4
70 mln umuman arzimaydi
Pawol undan ko'ra wu pulni yozgi transferda Martenisga iwlatisin
.........ga tiqvol 70 mlnga futbolchini
70 mln jinnimi bula?