Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
"Barselona" o'z futbolchilariga "Real"dan ko'ra ko'proq maosh to'lamoqda
[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-545052_original.jpg[/readimg]
[b]Ispaniya LaLigasi klub yuqori ligasi vakillari o'z futbolchilari va ishchilariga to'laydigan maosh haqida malumot berdi.
" Barselona" ushbu ro'yxatda 1-o'rinni egalladi. Kataloniyaliklar 1 yilda o'z ishchilariga 656,43 mln evro maosh to'laydi. Ikkinchi o'rinda esa " Real". " Qirollik klubi" Kataloniya klubidan 15 mln evro kamroq natija qayd etdi - 641,05 mln evro.
Uchinchi o'rinda esa "Atletiko" (348,5 mln evro) etirof etilgan. Kuchli beshlikka "Sevilya" (185,16 mln) va "Valensiya" (177,11 mln) kabi klublar ham kirgan.
Ro'yxatdagi eng past natija "Malorka"ga tegishli - 33,53 mln evro.
Ushbu ro'yxatda klublarning foydalari nisbatiga beriladigan maoshi ham ko'rsatilgan. SHuningdek, klublarning ayollar, futzal, basketbol hamda boshqa ligalarida o'ynaydigan futbolchilari ham reytingga tasirini o'tkazgan.
" Barselona"ning natijasi o'tgan yilning sentyabriga ko'ra solishtirilganida 671,42 mlndan 656,43 mlngacha tushgan.[/b]
UB
Fikrlar 3
Haa
Barca N1
Barca B1