"Barselona" La Liga doirasida "Xetafe"ga qarshi o'yin qaydnomasini e'lon qildi

Jarohatdan tuzalib qaytgan darvozabon Neto, shuningdek, yanvarda "Barselona B" uchun 700 ming evroga sotib olingan hujumchi Rey Manay qaydnomaga kiritildi.

Darvozabonlar: Mark-Andre ter Stegen, Neto.

Himoyachilar: Serdji Roberto, Nelson Semedu, Jerar Pike, Samyuel Umtiti, Jordi Alba, Xunior Firpo, Ronald Arauxo.

Yarimhimoyachilar: Serdji Buskets, Arturo Vidal, Ivan Rakitich, Frenki de Yong, Artur.

Hujumchilar: Lionel Messi, Antuan Grizmann, Anssumane Fati, Rey Manay.

"Barselona" ertaga, 15 fevral kuni "Xetafe"ni qabul qiladi.