“Zenit” yarim himoyachisi Malkom sobiq jamoadoshi, “Barselona” forvardi Lionel Messi haqida gapirdi. -Malumki, ko'pchilik argentinalik va braziliyalik futbolchilar bir-birlari bilan juda qattiq hazillashishadi. “Barsa”da to'p tepganizda Messibilan munosabatlaringiz qanday edi? -Juda yaxshi. U fantastik futbolchi va boshqalardan farqli tomonlari ko'p. U maydonda ham, hayotda ham o'zgacha inson. Men Leo va uning oilasi bilan iliq munosabatdaman. Futbolchining oilasi ham o'zi singari ajoyib insonlar. - Messining sizga bergan eng qimmat maslahati qaysi? -Uning menga “har qanday holatga tushganingda ham bosiqlikni saqlab qol va kundan-kun yaxshiroq bo'lishga intil” deganini doim yodimda tutaman. -“ Barselona”da kim eng ko'p hazil qiladi? -Uch kishini alohida ko'rsatgan bo'lardim: Alba, Vidal va Pike. Biz tez tez bir-birimiz bilan hazillashib turardik.