
Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi hujumchisi Villian Joze "Barselona"ga o'tmaydigan bo'ldi deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Manbaning yozishicha, "ko'k-anorranglilar" braziliyalik futbolchi Evroittifoq pasportiga ega bo'lmaganligi sababli, uni sotib olish fikridan voz kechishdi.
Shu sababli, “Barselona” bor e'tiborini "Inter" klubi hujumchisi Lautaro Martinesga qaratadi va yozda argentinalik futbolchini sotib olishga harakat qiladi.
"Barselona"ga kelishi mumkin bo'lgan ro'yxatda faqatgina Anxel Rodriges ("Xetafe"), Lukas Peres ("Alaves"), Loren Moron ("Betisa") va yana bir nomi aytilmayotgan futbolchilar qolmoqda.
Fikrlar 3
Hozirga L. Moron yoki A. Rodrigesni olish kerak.
Hayriyat bu qariyani nimayam qilardi
Kerakmasidi o'ziy