"Barselona" futbolchisi Jordi Alba "Xefate"ga qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan edi, klub ham tekshiruv o'tkazdi va buni tasdiqladi. Hozircha futbolchining qancha muddatga safdan chiqqani no'malum, ammo Albaning oldindagi Chempionlar ligasi doirasida "Napoli"ga qarshi va La Liga doirasida "Real"ga qarshi o'yinlarda maydonga tushishi so'roq ostida.