[readimg]https://sun9-2.userapi.com/c635101/v635101227/78ec1/22lPqDC7qhE.jpg[/readimg] [b]"Barselona"ning fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmann "Betis"ga qarshi LaLiganing 24-tur uchrashuvida (5:3) gol urishga muvaffaq bo'ldi. O`yinning 33-daqiqasida Lionel Messining o`zatmasidan so`ng Grizmann hisobni ochdi. Joriy mavsum Antuan Grizmann LaLiganing 23ta uchrashuvida maydonga tushib, 8ta gol urdi. Bungacha 28 yoshli forvard Ispaniya chempionatida oxirgi golini ikki oy vval 2019 yil 21-dekabr kuni bo'lib o'tgan LaLiganing 18-turida "Alaves"ga qarshi o'yinda (4:1) urgan edi. Ayni damda LaLigada to'purarlar poygasida "Barselona" hujumchisi Lionel Messi etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 14ta gol mavjud. Keyingi o'rinlarni Karim Benzema ("Real Madrid - 13ta gol) va "Luis Suares ("Barselona" - 11ta gol) egallab turibdi.[/b]