Neymarning sobiq klubi "Santos" "Barselona"ga rasmiy taklif yubordi. Braziliyaliklar Neymar transferi ortidan 4,5 million evro talab qilmoqda. Neymar bundan 7 yil avval "Barselona"ga o'tgan edi. "Santos"ning arziga ko'ra, kataloniyaliklar braziliyaliklarga 2ta o'rtoqlik o'yini borasida vada berishgandi, ammo ularning faqatgina bittasi o'tkazilgan. "Barselona"da javob berish uchun 5 kun bor. "Santos" aks holda "Barselona"ni sudga berishga tayyor.