
Kataloniyaning "Barselona" klubi sardori Lionel Messi yaqinda iste'foga chiqarilgan Ernesto Valverde haqida fikr bildirdi.
"Albatta, bu yoqimsiz bo'ldi. Ernesto – ajoyib inson va murabbiy, men bu haqda juda ko'p gapirganman. Biz unga qaraganda ko'proq uchrashuv natijalari uchun javobgarlikni bo'ynimizga olganmiz. Murabbiy har doim ham aybdor bo'lmaydi, lekin barcha futbolchilarni almashtirishdan ko'ra, murabbiyni iste'foga chiqarish oson.Shunday ekanligini barcha tushunadi", - Messining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Mundo Deportivo.
Fikrlar 0