CalcioMercato portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Angliyaning «Manchester Siti» va Kataloniyaning «Barselona» klublari 25 yoshli slovakiyalik Shkrinyar uchun qiziqish bildirishmoqda.

“ManSiti” futbolchini sotib olish uchun «Inter» klubiga 65 million evro taklif qildi va rad javobini oldi.

Manbaning yozishicha, «Inter» Shkrinyarni 90 million evrodan kamiga sotish niyatida emas.