Kataloniyaning «Barselona» klubi sport direktori Erik Abidal “Leganes” klubidan sotib olingan  hujumchi Martin Breytveyt haqida iliq fikrlar bildirdi.

«Daniyalik futbolchi tajribali ekanligini tushunishimiz kerak. Futbolchining ko'rinishi uning ko'rsatayotgan o'yiniga yarashmasligi mumkin. Ammo, Breytveyt jismonan baquvvat futbolchi sanaladi. Uning bu tajribasi “Barselona” klubidagi jamoadoshlariga albatta asqotadi. Futbolchi katta imkoniyatlarga ega.

Uning «ko'k-anorranglilar» safida to'p surishiga shubha yo'q. Biz undan ushbu mavsumda Evrokuboklarda foydalana olmaymiz, lekin Martin Primeradagi o'yinlarimizda foyda olish kelishi aniq. Klubimiz eng yuqori o'rinlar uchun kurash olib borishini xohlaymiz», — dedi Erik Abidal.