
«Barselona» klubi Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavini jamoaga qaytarishni istagan edi. Ispaniyalik mutaxassis esa "ko'k-anorranglilar" rahbariyati oldiga 8ta shart qo'ydi.Birinchidan, Xavi faqatgina yozda «Barselona»ga qaytishga tayyorligini ma'lum qildi. Ikkinchidan, u klubning transfer va sport faoliyati ustidan to'liq nazorat o'rnatishni istadi. Xavi ushbu lavozimlarga Karles Puyol va Yordi Kroyfning tayinlanishini istadi. Shuningdek, u murabbiylar shtabida o'zining akasi Oskarning ishlashini xohladi.«Barselona» rahbariyati ushbu shartlar bilan tanishgach, Xavi variantidan voz kechib, o'z e'tiborini Enrike Seten nomzodiga qaratdi.
Fikrlar 0