[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-546677_original.jpg[/readimg] “Barselona” ustozi jamoaga yangi kelib qo'shilgan daniyalik hujumchi haqida gapirdi. “Biz Martin “Eybar”ga qarshi bahsning qaysi daqiqalaridan boshlab maydonga tushishini hal etishimiz kerak. U ko'p narsani tushunib olishi lozim. Martin — biz malum vaqt davomida kuzatgan futbolchi. Uning jamoaga foydasi tegadigan xususiyatlari bor. U bir nechta poziciyada o'ynashi mumkin. Menda uning bizga katta yordami tegadi degan qatiy ishonch bor”,— deydi Seten.