Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
Genich "Barselona"-"Eybar" o'yinida kim g'olib chiqishini tahmin qildi
[readimg]https://i1.wp.com/bookmaker-ratings.ru/wp-content/uploads/2018/06/genich1-e1528976175874.jpg?resize=732%2C532&ssl=1[/readimg]
-"Eybar" jadvalning pastki qismida joylashgan. U ushbu uchrashuvga ketma-ket uchta o'yinda g'alabasiz keldi. "Selta" bilan durang, "Betis" bilan durang, oxirgi o'yinda "Alaves"dan mag'lubiyat - 1:2.”
-"Barselona"da hammasi yaxshi ko'rinadi ketma-ket uchta g'alaba. Ammo u klub ichidagi ba'zi mojarolar tufayli muammolar bezovta qilmoqda. PR urushi bo’lmoqda. Bartomeuning ishiga bog'liq bo'lgan mojarolar tufayli tez orada klub prezidenti qayta saylanashi mumkin. Albatta, bu jamoaga yaxshi ta'sir ko'rsatadi degani emas.”
-“Xordi Alba jarohat oldi. U o'ynamaydi. "Barselona" yana bir g'alati transfer, Martin Braytvayt bilan shartnoma imzoladi. U o'ynaydimi yoki yo'qmi, bilmayman. Ammo Dembele va Suaressiz Setien Messi va Grizmann bilani bir nechta imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak.”
-“Messi ketma-ket to'rt o'yinda gol urmadi. Undan doim gol so'raladi, ammo assisentlari bilan yaxshi baholanmoqda. So'nggi to'rtta o'yinda ham “Barsa” "Valensiya", "Levante", "Betis" va "Xetafe"ga gol o'tkazib yuborishiga qaramay, menimcha bugungi o’yinda "Barselona" o’z darvozasini dahlsizligini saqlagan holda g'alaba qozonsa kerak. "Barselona" "Napoli" bilan uchrashuvlardan oldin himoyada ishonchli o'ynashi muhim.”
-"Eybar" da Charles diskvalifikatsiya qilingan. To'g'ri, Enrich, Orellana va boshqalar bor. Ammo umid qilamanki, "Barselona" mas'uliyatli o'ynaydi va gol o'tkazib yubormaydi.”
UB
Fikrlar 0