
Kataloniyaning «Barselona» klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitichning fikricha, jamoaning yangi futbolchisi Martin Breytueyt debyut o'yinini omadli o'tkazdi.
«Martin – juda keng o'ynaydigan hujumchi. Uning aniq bir pozitsiyasi yo'q. Hamma joyga ulgurish qiyin, lekin Breytueyt ulgurmoqda. U uchun xursandman. U “Barsa”dagi gollari sonini ochib olsa xursand bo'lardim. Bu unga ruhan yordam beradi.
Martin yaxshi futbolchi. Jamoadagilarning barchasi unga hurmat bilan qaramoqda va yordam berishga harakat qilmoqda», — dedi Rakitich.
Fikrlar 1
Ha ja unchalik yoman oyinchi emas ekan