Barcelona
[readimg]https://odds.ru/upload/media/default/0001/17/75cdb8959a62b4042af8588aa5126276ddf034ef.jpeg[/readimg]
Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Kike Seten Lionel Messini «Napoli» sobiq hujumchisi Diyego Maradonadan ustun qo‘ydi.
«Messi – ajoyib futbolchi, u 10-15 yildan beri bir xil darajadagi o‘yin namoyish etmoqda. Futbol tarixida Messi kabi barqaror o‘yinchi bo‘lmagan. Shuningdek menga Kruiff va Maradonaning o‘yinlari yoqardi. Ular bizni futbolni sevishga majbur qilishgan», – deb Setenning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Messi Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Barsa»dagi faoliyati davomida 715ta o‘yin o‘tkazib, 626ta gol urgan va 261ta golga hammualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
UB
Fikrlar 0