[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-547583_original.jpg[/readimg] “Barselona” ECHL 1/8 finali doirasida “Napoli”ga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Bu Kataloniya klubi ustozi Kiki Seten uchun “ Barselona” boshqaruvidagi ECHLdagi ilk o'yin bo'ldi. Seten 1997 yildan beri ECHLdagi debyut o'yinida g'alaba qozona olmagan “ Barselona”ning ilk murabbiyiga aylandi. So'nggi bor bunday natijani Lui van Gal qayd etgandi. O'shanda niderlandiyalik “ Barselona” bilan evroarenadagi debyutida “Nyukasl”ga 2:3 hisobida yutqazib qo'ygandi. Malumot uchun, “ Barselona” va “Napoli” o'rtasidagi javob o'yini 18 mart kuni bo'lib o'tadi.