"Napoli" sardori Lorentso Insigne Chempionlar ligasining 1/8 finalidagi "Barselona" bilan birinchi uy uchrashuvi durang (1:1) yakunlandi. -“Men Messidan o'yin oldidan futbolkasini so'radim. Unga ega bo'lish men uchun katta sharaf.” -“Bu natija achchiq ta'mga sabab bo'ladi, chunki biz teng sharoitda o'ynadik va o'zimizni qurbon qildik.” -“Buskets va Vidal javob o’yinida “Barsa”ga yordam bermaydimi? Ularda boshqa kuchli futbolchilar bor. Biz ushbu bahsga e'tibor qaratishimiz, ajoyib o'yin namoyish etishimiz, ko'proq xatarni o'z zimmamizga olishimiz va keyingi bosqichga chiqishimiz kerak.” -“Birinchi marta "Barselona" va Messiga qarshi o'ynash juda hayajonli edi. Uy stadionida yanada yuqori natijaga erishishimiz mumkinligini his qildim, ayniqsa imkoniyatlarimizni hisobga olgan holda.”