[readimg]https://s.ill.in.ua/i/news/630x373/412/412237.jpg[/readimg] Filippe Koutino yozda «Barselona»ga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda, Ok Diario nashri. Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar ustozi Kike Seten yarimhimoyachining yozda jamoaga qaytishini xohlamoqda. Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli braziliyalik futbolchi mavsum boshidan beri «Bavariya»da ijara asosida harakat qilmoqda. Koutino Bundesliga bahslarida 20ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 6 bor ishg‘ol qildi.