[b]“Bavariya” kiperi Manuel Noyer ECHLning 1/8 finalida doirasi “CHelsi”ga (3:0) qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda maydonga tushdi. 33 yoshli germaniyalik musobaqadagi 107-uchrashuvini o'tkazib, ushbu ko'rsatkich bo'yicha “Barsa”ning sobiq posboni Viktor Valdesni (106) quvib o'tgan holda to'rtinchi o'ringa ko'tarildi. Noyerdan yuqorida esa Iker Kasilyas (177 o'yin, “ Real” va “Portu”), Janluiji Buffon (123, “Yuventus”), Petr CHex (111, “CHelsi” va “Arsenal”) kabi darvozabonlar turibdi. Manuel Noyer 2011 yili “SHalke”dan myunxenliklar jamoasi safiga kelib qo'shilgan. 2013 yil esa u “Bavariya” bilan CHempionlar Ligasida zafar quchdi.[/b]