Himoyachining jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi. “ Barselona” azosi Jerar Pike ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Napoli”ga qarshi safardagi (1:1) uchrashuvning so'nggi daqiqalarida jarohat olib, zaxiraga olingan edi. Mazkur o'yindan keyin Pike o'zini yaxshi his qilayotganini bildirib, katta ehtimol bilan 1 mart kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadigan “ Real”ga qarshi to'qnashuvda maydonga tushishi mumkinligini aytgan.