[readimg]https://championat.asia/upload/storage/547756_680.jpg[/readimg] "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill "Liverpul" vingeri Muhammad Salohning ispan grandlaridan biriga o'tishni xohlayotganini takidladi: "Menimcha, "Liverpul" muxlislari Salohga nisbatan sadoqat va muhabbatlarini to'liq namoyish qilmaydilar. Ular misrlik futbolchining " Real"da o'ynashni xohlashi yoki " Barselona"ga o'tish haqida o'ylayotganini bilishadi. Bu Salohni tanqid qilish emas. Men Devid Bekxem, Rud Van Nistelroy va Krishtianu Ronaldu bilan o'ynaganman. Ular "Oltin to'p"ni yutish, doimiy diqqat markazida bo'lishni xohlaganlari tufayli " Real"ga o'tishgandi. O'ylashimcha, Mersisayd klubi ishqibozlari Salohda ham shunday xohish borligini bilishadi. U qachondir shunday qiladi. Ishonamanki, Muhammad oxir-oqibat "Liverpul"ni faoliyatida tramplin vazifasini o'tab bergani bilan xotirlaydi. U yuqori cho'qqilarni zabt etishni xohlamoqda. Ochiqchasiga aytadigan bo'lsam, aksar futbolchilar uchun " Real" va " Barselona" eng yuqori cho'qqi hisoblanadi".