La Liga FIFAning "Breytueyt qoidasi"ni bekor qilish taklifini qo'llab-quvvatlamoqchi FIFA La Ligadan transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, jarohat olgan futbolchining o‘rniga boshqa futbolchini olish mumkinligi haqidagi qoidani bekor qilishni talab etdi. Bu haqda Ispaniya qirolligi Futbol Federatsiyasi rahbari Luis Rubiales xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, FIFA 2016-yilda bu qoidani bekor qilishni so‘ragan, ammo La Liga rozi bo‘lmagan. Endi Rubiales ham bu qoidaning olib tashlanishiga umid qilmoqda. "Biz bu qoidaning bekor qilinishiga erishmoqchimiz. Umid qilamizki, La Liga bunga qarshilik qilmaydi. Bu qoida adolatdan emas", – dedi Rubiales. Eslatib o‘tamiz, qishda "Barselona" transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, og‘ir jarohat olgan Usmon Dembele o‘rniga "Leganes" hujumchisi Martin Breytueytni olgan edi. Keyinchalik La Liga transferning qoidaga muvofiq bo‘lganini e’lon qildi.