Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
Barcelona transferidan voz kechgan gabonlik futbolchining keyingi manzili qayer? Arteta javob berdi
Barcelona qishki transfer oynasida sotib olmoqchi bölgan Gabonlik futbolchi endilikda katta ehtimol bilan Arsenalda qoladi.
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Per-Emerik Obameyangning jamoadan ketishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar haqida gapirib o'tdi.
Mish-mishlar unga xalaqit beradi deb o'ylamayman. U ko'nikib qolgan. Bu darajadagi o'yinchini almashtirish juda qiyin, umid qilamanki, uni saqlab qolamiz. Hozircha muammolar yo'q.
Biz o'tgan oy Obameyangsiz o'ynagan edik, chunki u uchta o'yinga diskvalifikatsiya qilingan edi. Usiz jamoa yomon natija ko'rsatmadi, ammo kelajakda uning ketishi shubhasiz, ta'sir qiladi - dedi klub bosh murabbiyi.
Manba:AS
UB
Fikrlar 0