"Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov tez orada RPLni tark etishni maqsad qilgan. Bu haqida hamyurtimiz mijozi hisoblanadigan "ProSportsManagement" kompaniyasi rahbari German Tkachenko Rossiyaning "Sport-Ekspress" nashriga malum qildi. "Bizning maqsadimiz — jamoa muxlislarini xafa qilmagan holda yozda "Rostov"ni tark etish. Aytish lozimki, Rossiya chempionatidan tushadigan hech qanday takliflarni ko'rib chiqmaymiz. Biz g'arbga bormoqchimiz. Bugungi kunda Evropadan aniq taklif bor. Qishda ham bir nechta takliflar bo'lgandi, ammo "Rostov" rahbariyati ularni etiborsiz qoldirishni maqul ko'rdi. Rahbariyat qarorini hurmat qilamiz, ularda qishda SHomurodov borasida tushadigan takliflarni ko'rib chiqmaslik huquqi bor edi. Yozda esa hammasi boshqacha bo'ladi. Biz kuchli ligalarda o'ynashni xohlaymiz. To'g'ri, qarorni klub rahbariyati hal qiladi. Ammo biz ular bilan transferga adolatli narx belgilash borasida kelishib olganmiz. Buni keyinroq birgalikda muhokama qilamiz", — dedi Tkachenko "SE" nashriga. Manba:SE nashri