Kataloniyaliklar forvardining klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil o'z yakuniga etadi. “Agar keyingi mavsum “Barselona”ning 60 foiz o'yinlarida qatnashsam, kelishuvimiz avtomatik tarzda uzaytiriladi”, deydi 33 yoshli urugvaylik. Suares ayni vaqt lazaretda davolanmoqda. U joriy mavsum klub miqyosida 23 o'yinda qatnashib, 14+11 natijaga erishgan.