“Barselona” klubi jamoaning sobiq hujumchisi Ronaldino sharafiga uchrashuv tashkil qilish taraddudida. “ Barselona” afsonalari va jahon terma jamoasi o'rtasidagi uchrashuv 19 avgust kuni “Kamp Nou”da o'tkazilishi kutilmoqda. “ Barselona” rahbariyati ushbu uchrashuvga Andrea Pirlo, “Terri Anri, Roberto Karlos, Pavel Nedved, Xaver Saviola va Paolo Maldini singari o'tmishning mashhur futbolchilarini taklif etishni rejalashtirmoqda. Braziliyalik mashhur to'p sehrgari Ronaldino “ Barselona” safida “Oltin to'p” (2005)ni qo'lga kiritish bilan birga Evropa CHempionlar ligasi (2005/2006), Ispaniya chempionati (2005, 2006) va Ispaniya superkubogi (2005, 2006)da g'oliblikni qo'lga kiritgan. Kataloniya klubi safida u 2003-2008 yillarda to'p tepgan. [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-548270_original.jpg[/readimg]