[b]"Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog'i Ispaniya chempionatining 26-tur uchrashuvi doirasida "Real" va "Barselona" o'rtasidagi o'yinni translyatsiya qiladi. O'yinni Kirill Demementev va Vadim Lukomskiylar sharhlab borishadi. Uchrashuv 1-mart kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 01: 00da boshlanadi. Shuningdek o`yinni Telesport rasmiy guruhida ham jonli tarzda kuzatib borsa bo`ladi. Uchrashuvni har qanday qurilmalar orqali tomosha qilishingiz mumkin: Odnoklassniki veb-versiyasida, iOS va Android-dagi mobil OK dasturi ilovasida, shuningdek Smart TV katta ekranli televizorlarida OK Video ilovasi orqali tomosha qiling.[/b]