Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
Seten: «Messining jamoada bo‘lishi – shaxmatda ikkita farzinga ega bo‘lish bilan tengdir»
[b]Kataloniyaning «Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten hujumchi Lionel Messining o‘yiniga yuqori baho berdi.
«Messi biz bilan birgaligidan mamnunmiz. U vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligini juda yaxshi biladi va boshqa futbolchilar amalga oshira olmaydigan narsalarni bajarishga qodir. Jamoada Messining bo‘lishi – shaxmatda ikkita farzinga ega bo‘lish deganidir. Bu holatda siz barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishingiz mumkin bo‘ladi», – deydi Seten.
Ma’lumot uchun, Messi ushbu mavsumda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urgan va 12 ta assist amalga oshirgan. «Ko‘k-anorranglilar» La Liganing 25-turidan keyin 55 ochko jamg‘argan holda 1-pog‘onada borishmoqda.[/b]
UB
Fikrlar 0