[readimg]https://championat.asia/upload/storage/548935_680.jpg[/readimg] Braziliyalik futbolchi XXI asrda o'tkazilgan La Liga doirasidagi "El Klasiko"larda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. La Liga. " Barselona" "Bernabeu"da ojiz qoldi " Real" vingeri Vinisius Junior La Liga 26-turi doirrasida " Barselona" (2:0) darvozasini ishg'ol qilganidan xabaringiz bor. Vinisius bu ishni 19 yosh-u 233 kunligida amalga oshirdi va joriy asr davomida Ispaniya chempionati doirasidagi "Al Mumtoz" bahslarida to'p kiritgan eng yosh futbolchi maqomini o'ziniki qilib oldi. Bunga qadar bu rekord " Barselona" forvardi Lionel Messiga tegishli edi. Argentinalik futbolchi 2007 yilning mart oyida, 19 yosh-u 259 kunligida "qirollik klubi" darvozasini ishg'ol qilgan edi.