[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-548937_original.jpg[/readimg] "Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten "Real"ga (0:2) qarshi bahsdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. "Biz birinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik, ular esa ikkinchi bo'limda. Tanaffusdan keyin o'yin yomon boshlanmagan edi, keyin pas uzatishda noaniqliklar ko'zga tashlana boshladi. " Real"ni ushbu g'alaba bilan tabriklashimiz kerak. Raqibning jiddiy bosimi ishlarimizni qiyinlashtirdi. Messi– juda muhim o'yinchi. Ammo bir kishiga suyanib qolmasligimiz kerak. Bugun u yolg'izlanib qoldi va bir o'zi g'alaba qozona olmadi. Mag'lubiyatdan fojea yasash kerak emas. Hali hammasi oldinda, vaziyatni o'nglash uchun bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ladi", – dedi Seten. La Liga. " Barselona" "Bernabeu"da ojiz qoldi