
«Real» sardori Serxio Ramos «Barselona» himoyachisi Jerer Pikening tanqidiga javob qaytardi. Kataloniyaliklar futbolchisi birinchi bo'limda «Real» klubi u «Santyago Bernabeu»da ko'rgan eng yomon jamoa bo'lganini aytgan edi.«Pike o'ylaganidek, biz birinchi bo'limda shunchalik yomon o'ynab, yakunda "klasiko"da har safar g'alaba qozonadigan bo'lsak, men jamoa bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorman», — dedi Ramos "Daily Mail"ga bergan intervyusida.
Fikrlar 0