[b]«Inter» klubi himoyachisi Milan Shkrinyar yozda «Barselona» safiga o‘tishi mumkin. Mundo Deportivo’ning xabar berishicha, kataloniyaliklar 24 yoshli slovakiyalik futbolchining jarohatlari sabab kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayotgan Samuel Umtitining o‘rnini egallashiga umid bildirishmoqda. Bundan tashqari, futbolichini «Real» va PSJ klublari ham o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Ma’lumot o‘rnida, Shkrinyar joriy mavsumda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 1 bor samarali harakat qildi.[/b]