Barcelona
[b]Madridning «Real» klubi sardori Serxio Ramos «Barselona» bilan o‘yinda (2:0) Lionel Messiga qarshi qanday qilib muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatilganligi haqida gapirdi.
«Leo xavfli hujumlari va harakatlari bilan raqib himoya qo‘rg‘oniga doimo tartibsizlikni yuzaga keltiradi. Uni bir soniyaga ham nazardan qochirmaslik kerak. O‘yin davomida biz Messiga alohida e’tibor berdik, har bir harakatini oldinroq sezib, unga bo‘sh hudud qoldirmadik. Leoga erkinlik berilsa, u juda xavfli futbolchiga aylanadi», – deydi Ramos.
Ma’lumot uchun, «Real» La Ligada 56 ochko jamg‘arib, «Barselona»ni ortda qoldirdi va 1-o‘ringa chiqib oldi.[/b]
UB
Fikrlar 0