Barcelona
«Barselona» himoyachisi Nelson Semedu faoliyatini Angliya Premer Ligasida davom ettirishi mumkin, deb yozadi Don Balon nashri.
Manbada qayd etilishicha, 26 yoshli portugaliyalik futbolchiga Londonning «Tottenxem» klubi qiziqish bildirgan. «Shporlar» yozgi transferlar vaqtida Semeduning transferi uchun 45 mln yevro taklif sarflamoqchi.
Ma’lumot uchun, Semedu joriy mavsumda La Liga bahslarida 20 ta o‘yin o‘tkazgan.
UB
Fikrlar 0