Barcelona
«Real» – «Barselona» (2:0) uchrashuvida madridliklar forvardi Vinisius Juniorning raqib jarima maydoniga yiqilganidan keyin kataloniyaliklar himoyachisi Jerar Pikening unga nima degani ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda Cadena SER.
«Aqldan ozganmisan yoki o‘zingni yomon his qilayapsanmi? Kasalmisan? Senga umuman teginganim yo‘q» – deya jahl qilgan ispaniyalik himoyachi braziliyalik forvardga qarata. Bu videoyozuvlar Movistar kameralariga tushib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha vaziyatda «Real» futbolchisi bosh hakam Mateu Laosdan penalti belgilashni so‘ragandi. Vaziyatdan ko‘p o‘tmay, Vinisius o‘z nomiga gol yozib qo‘ydi.
UB
Fikrlar 1
чичко