Barcelona
[b]«Real» klubi himoyachisi Ferlan Mendi 2019 yil yozida Fransiyaning «Lion» klubidan nega «Barselona» emas, «Real» jamoasiga o‘tganligini aytib o‘tdi.
O‘shanda 24 yoshli futbolchiga Kataloniya klubi ham jiddiy qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, u Madrid klubiga o‘tishni afzal bilgandi.
«Nega aynan Madrid klubi? Shunchaki. Axir bu «Real»! Madrid klubi bosh murabbiyi fransiyalik Zidan ekanligi ham qarorimga ta’sir qilgandi. Ularning meni ko‘ndirishlari shart emasdi. Transfer masalasida muzokara o‘tkazildi, ammo mening qarorim aniq edi, shu bois tezda til topishganmiz.
«Real»da o‘zimni ko‘rsatishga ulgurdim, deyishga hali vaqtli. Haligacha maydonda katta bosimni his qilaman. «Lion»da barchasi oddiy edi, maydonda o‘zimni juda erkin tutganman. «Real»da esa sendan har doim yuqori darajani kutishadi va bu juda yaxshi», – deydi Mendi.
Ma’lumot uchun, «Real» Ferlan uchun «Lion»ga 48 million yevro transfer puli to‘lagandi. Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda 21 o‘yinda 2 ta golga assistentlik qildi.[/b]
UB
Fikrlar 0