[b]Qatarning «Al-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavi o‘zining sobiq jamoasi «Barselona»ni boshqarish orzusi ekanini aytdi. «Shubhasiz, mening kelajakdagi maqsadim – «Barselona»ni boshqarish. Bu orzu. Uning ushalishiga umid qilaman», – deydi Xavi. Eslatib o‘tamiz, qishda Xaviga «Barselona»ni boshqarish taklif qilingan edi, biroq u o‘shanda rad javobini berdi.[/b]