[b]Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining ba’zi o‘yinlari bo‘m-bo‘sh stadionlarda o‘tkazilishi mumkin. Marca xabariga ko‘ra, Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida shu choralarni tavsiya qilmoqda. Xususan, Chempionlar Ligasidan o‘rin olgan «Barselona» – «Napoli» (dastlabki o‘yin – 1:1) va «Valensiya» – «Atalanta» (dastlabki o‘yin – 1:4) o‘yinlariga muxlislarni kiritmaslik haqida ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, Yevropa Ligasidan o‘rin olgan «Xetafe» – «Inter» va «Sevilya» – «Roma» bahslari ham muxlislarsiz o‘tishi mumkin.[/b]