Barcelona
[b]«Barselona» klubi «Valensiya» vingeri Ferran Torres atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, «ko‘k-anor rangliklar» 20 yoshli futbolchining transferi uchun 35 million yevro ajratishga tayyor.
Futbolchining «ko‘rshapalaklar» bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yozida yakuniga yetadi. Futbolchi o‘zi atrofidagi gap-so‘zlardan so‘ng klub bilan shartnomani uzaytirishni xohlamayapti.
Shu sabab «Valensiya» Torresni tekinga qo‘yib yubormaslik uchun uni joriy mavsum so‘nggida sotib yuborishga majbur bo‘lishi mumkin.[/b]
UB
Fikrlar 1
Xamma wunga yopiwvogan