"Diario Sport" nashri tarqatayotgan xabarlarga koʻra, Barcelona rahbariyati hozirda yuqori formaga ega boʻlgan Milanning "Inter" klubi forvardi Lautaro Martinez uchun £60 million, Arturo Vidal va Nelson Semedoni berishga tayyor.

Kataloniya klubi hozirda faoliyatining oxiri yaqinlashib kelayotgan yulduzi Luis Suares oʻrnini bosadigan oʻyinchi topishdan umidvor. Argentinalik hujumchining 2023-yil yozigacha "A Seria" klubi bilan shartnomasi bor va agar unga £93 million atrofida taklif boʻlsa, qoʻyib yuborilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Martinez bu mavsum 30 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta golga mualliflik qilgan. Shulardan 5 tasini u "Chempionlar Ligasi" musobaqasida raqib darvozasiga joylagan.

©️ Manbaa: "Sports Mole"