Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
Luis Suares: Qayta tiklanish davri 4 oy davom etishini bilib, juda xafa bo'ldim
[b]Urugvaylik "Barselona" hujumchisi Luis Suares jarohati tufayli tuzalishi mumkin bo'lgan vaqt haqida gapirdi.
- Qayta tiklanish davri 4 oy davom etishini bilib, juda xafa bo'ldim. Shifokor tizzamdagi barcha muammolarni hal qilishga qaror qildi.
- U operatsiya yakunlanib xushimga kelganimdan keyin hamma narsani menga aytib berdi. Buni bilganimda ko'nglim bexuzur bo'lib ketdi.
- Ammo keyin kayfiyatim o'zgardi. Men doim shifokorlarning taxlil natijalariga qarshi chiqardim. Men belgilangan muddatga qadar maydonga qaytishim mumkinligini barchaga isbotlamoqchiman.
- Men bunga aminman, imkoni boricha tezroq safga qaytib klub va futbolchilarga yordam bermoqchiman.
- Operatsiyadan keyin men atigi bir kun dam oldim. Shifokor juda hayron bo'ldi, chunki odatda bunday operatsiayadan keyin bir kun dam olish yetarli emas deb xisoblashar ekan, - deya Suaresning so'zlaridan iqtibos keltirmoqdaRAC1nashri.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Suares "Barselona" uchun 17 o'yinda qatnashdi, 11 gol va 7 ta foydali pas muallifi bo'ldi.[/b]
UB
Fikrlar 0