"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "El-Klassiko" teng raqobat hisoblangan o'yinning birinchi 45 daqiqasidan keyin ikkinchi yarmida g'alaba qozonganiga ishonadi. -"Ikkinchi bo'lim bizniki edi",dedi Zinedin Zidan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida. -“Birinchi bo'lim yaxshi o'tdi va bizning pressingimiz zo'r emasdi. Ikkinchi bo'limda pressingimizni yaxshiladik va o’yinda yaxshilandik.” -"Biz ularga kuchli bosim qildik va deyarli ularni yengdik. Bugun jamoa sifatida g'alaba qozondik.” Eslatib o'tamiz, "Barselona" "Bernabeu" dagi o'yinda Vinisius Jr va Mariano Diaz tomonidan kiritilgan gollar bilan 2:0 hisobida yutqazdi. Birinchi bo'limda kataloniyaliklar oldinga o'tib olish imkoniyatiga ega bo'lishdi, ammo ulardan unumli foydalanishmadi. Manba: Real Madrid CF