Barcelona
«Barselona»ning ba’zi futbolchilari bosh murabbiy Kike Setenga ishonmay qo‘yishdi.
AS xabariga ko‘ra, ular mutaxassisni yuqori saviyadagi klubni boshqarishga qodir emas deb hisoblashmoqda.
Qayd qilish joizki, Seten bosh murabbiy qilib tayinlangandan so‘ng, «Barselona» 6 ta o‘yindan 3 tasida mag‘lub bo‘ldi. Bundan tashqari, Ispaniya Kubogi 1/4 finalida «Atletik»ga yutqazib, musobaqani tark etdi. Chempionlar Ligasida esa «Napoli» (1:1) bilan durang o‘ynadi.
Xabar berilishicha, futbolchilar yanvar oyi oxirida «Valensiya»dan (0:2) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng murabbiyga bo‘lgan ishonchni yo‘qotishgan. «Real»ga qarshi o‘yinning 2-bo‘limidagi Arturo Vidalni almashtirish haqidagi qarorni ham noto‘g‘ri deb hisoblashmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, mag‘lubiyat sabablaridan biri ham shu.
Biroq, «Barselona» futbolchilari yuzaga kelgan vaziyatda Seten emas, klub rahbariyati javobgar bo‘lishi kerak deb hisoblashmoqda. Chunki Valverdeni ishdan olish va Setenni tayinlash haqidagi qarorni aynan rahbariyat qabul qilgan.
UB
Fikrlar 1
Yaxwi