Barcelona
"Barselona" ning sobiq yarimhimoyachisi Xavi "Kamp Nou" stadioniga murabbiy sifatida qaytishi mumkinligi haqida gapirdi. U fevral oyida Qatarga tashrif buyurgan rossiyalik transfer guruxi rahbari Nobel Arustamyan bilan suhbatlashdi.
"Al-Sadd" da ishlashda davom etadimi yoki yo'qmi degan savolga Xavi shunday javob berdi:-"Bilmayman, lekin kelajakdagi maqsadim "Barselona"jamoasini boshqarish. Bu orzu va men u amalga oshishiga umid qilaman. Bu yozdami yoki undan keyinmi, bilmayman. Ammo bu, albatta, meni qiziqtiradi. Yaqinda "Barselona"da javobgarlikni o'z zimmamga olish imkoniyatiga ega bo'ldim. Men ulardan yanvar oyida taklif oldim. Ammo bu mening qaytishim uchun ayni vaqt emas edi.”
Xavi:-"Hozircha "Al-Sadd"da qolaman. Bu menga juda yoqadi. "Al-Sadd" katta klub va bizda g'alaba qozonish uchun juda ko'p narsa bor."
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Ispaniya Superkubogida "Atletiko" ga yutqazganidan keyin Erik Abidal va Oskar Grau Xavi Ernandes bilan bog'lanishgan. Ko'rinishidan, klub uni Ernesto Valverdening muvaffaqiyatsiz o'rnini egallashini xohlagan.
Ammo 40 yoshli mutaxassis bu taklifni rad etdi. Keyinchalik u Kamp Nouga qaytishi uchun hali juda erta ekanligini aytdi.
UB
Fikrlar 1
Obkelish kere