«Yuventus» klubi «Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «keksa sinora» 27 yoshli germaniyalik posbonni yozgi transferlar davrida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Aytish kerakki, uning o‘zi ham jamoani tark etishga tayyor. Ma’lumot uchun, ter Shtegen La Ligada 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 20 ta gol o‘tkazib yubordi. Chempionlar Ligasida 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol o‘tkazib yubordi.