[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-549647_original.jpg[/readimg] "Real" o'yinchisi Martin Edegorning agenti nega mijozini "Barselona"ga o'tmaganiga izoh berdi. " Barselona" bizni o'zining La Masiya akademiyasiga taklif qildi. Ular bizni hatto kataloniyaliklarning CHL doirasidagi o'yiniga ham taklif qilishdi. " Barselona" - ajoyib klub, ammo Martin va uning otasi tanlovdan oldin ko'p narsalarni hisobga olishgan. O'sha paytda " Barselona"ga yangi kelganlarni ro'yxatga olish taqiqlangan edi, shunday ekan Edegor yana bir yil Norvegiyada qolishiga to'g'ri kelardi. Natijada " Real" o'z takliflarini berdi. Ular Martin uchun reja tuzdilar. Albatta, u Messibilan o'ynashni xohlaydi, sababi uni eng kuchli futbolchi deb hisoblaydi va uning harakatlarini takrorlashga harakat qiladi. SHubhasiz, siz biror bir o'yinchini Messibilan taqqoslay olmaysiz, u eng zo'ri. SHuning uchun Martinni o'yinini kuzatsangiz, u Messini takrorlashga urinayotganini ko'rasiz,- deydi Kent Karlsen. Eslatib o'tamiz, Edegor " Real"ga 2015 yilda Norvegiyaning "Stremsgodset" klubidan o'tgan edi. U hozirda " RealSosedad"da ijara asosida o'ynamoqda.